Raul: "Mourinyo meni "Real"da olib qolmoqchi edi, ammo "Shalke-04"ga o'tishni maqul ko'rdim"

Aslanov Jasurbek
19 yanv 2016, 11:41
"Real" sobiq hujumchisi Raul Gonsalesning so'zlariga ko'ra, o'z vaqtida Joze Mourinyo uni "Qirollik klubi"da olib qolmoqchi.

Portugaliyalik mutaxassis 2010/11 mavsumdan boshlab "qaymoqranglilar"ni boshqara boshlagan, aynan o'sha yili Raul Gelzenkirxen klubiga o'tgan edi.

"Biz Mourinyo bilan bir necha marta suhbatlashganmiz. Bu suhbatlar juda pozitiv bo'lgan, ammo men "Shalke"ga o'tishga qaror qilib bo'lgan edim" - deydi Raul.

Raul 2010 yildan 2012 yilgacha nemis klubida o'ynagan, keyin esa 2014 yilgacha Qatarning "Al-Sadd" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca