Raul Meyrelesh: "Ronaldu unga to'langan pulga arziydi, Feliks esa hali hech narsa qilgani yo'q"
08 okt 2019 18:18
Yangiliklar


Raul Meyrelesh: "Ronaldu unga to'langan pulga arziydi, Feliks esa hali hech narsa qilgani yo'q"
Portugaliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Raul Meyrelesh "Atletiko" xavbeki Joau Feliks haqida fikr bildirdi.
"Futbolda hozirgi narxlar meni hayratda qoldirmoqda, ammo kelajakda bundan battar bo'lishi ham mumkin.
Albatta, bu boshqa davr, ammo buni Krishtianu bilan taqqoslay olaman xolos. Aytmoqchimanki, biz hamma narsani yutgan va shu pulga arziydigan Ronalduni ko'rmoqdamiz. Feliks esa hali hech narsa qilgani yo'q. Ammo, narxlar hozir shunday.
Biz futbol ishqibozlari Feliksning shu pulga munosibligini isbotlashga imkon berishimiz kerak. Agar siz katta miqdordagi pulni ajratsangiz, bu bekorga sarf qilinmasligi lozim", - deydi Meyrelesh.
Eslatib o'tamiz, 19 yoshli Joau Feliks yozda "Benfika"dan "Atletiko"ga 126 million evro evaziga o'tdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar