Raul mavsum tugagach futboldan ketadi
05 mar 2014 22:49
Yangiliklar

Raul mavsum tugagach futboldan ketadi
Mashhur ispaniyalik hujumchi Raul mavsum tugagach futbolchilik faoliyatini tugatishini malum qildi.
Qatarning Al-Sadd klubi rahbariyati 36 yoshli futbolchiga faoliyatini davom ettirishni taklif qilishdi, biroq Raul yakuniy qarorga kelib bo'ldi, deb xabar bermoqda El Confidencial nashri.
Oldinroq SHalke-04 Raulga klub tizimida ish taklif qilmoqchi ekani haqida xabar chiqqandi. Xuddi shunday taklif Realdan ham chiqqandi.
Raul 1994-2010 yillarda Realda, 2012 yilgacha SHalkeda o'ynagandi. Ispaniya terma jamoasi safida Raul 102ta o'yinda 44ta gol urgan.
U Real safida 6 marta Ispaniya chempioni, 4 marta Ispaniya Superkubogi, 3 marta – CHempionlar ligasi, 2 marta – Qitatalararo kubok va bir marta Evropa Superkubogini qo'lga kiritgandi.
2011 yilda Raul SHalke safida Germaniya Kubogi va Superkubogi yutgandi. 2013 yil Al-Sadd bilan birga Qatar chempioni bo'ldi.

Fikrlar