So’nggi yangiliklar

14:28"Челси" 22 ёшли футболчисини "Вильярреал"га сотади  0 13:59Аргентина ва Мессини норозилик намойишлари туфайли Анголадаги ўйиндан воз кечишга чақиришмоқда  0 13:30Суперлига. 20-тур дисквалификациялари: "Нефтчи", "Хоразм" ва "Сурхон"да йўқотишлар мавжуд  3 13:12Дуглас Луис АПЛга қайтмоқда  0 12:43Рустам Ашурматов қачон сафга қайтиши маълум  1 12:32АПЛ 1-турининг энг яхши футболчиси аниқланди  1 12:04"Замонавий дарвозабон фақат сейв эмас, жамоа ўйини қуриш ва оёқда ўйнашни ҳам билиши керак" - Денис Иванков билан интервью   2 11:41Паулу Бенту Ўзбекистон терма жамоасида, "Қайрат" тарихий натижага жуда яқин, Кападзе олдидаги катта муаммолар - 20 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   7 11:25Рафинья "Олтин тўп"ни топшириш маросимида иштирок этадими?  5 11:22"Тушунишимча, ҳакам пенальтини ўзи белгиламаган, уни мониторга чақиришган" — "Сўғдиёна" - "Динамо" учрашуви ҳакамлик муҳокамаси  13 10:49"Челси" футболчиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  1 10:27Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи Чехия клубида амалиёт ўтайди  0 10:17Гарначо келажаги борасида бир қарорга келди  4 09:45"Рома"нинг янги футболчиси илк машғулотда жароҳат олди  4 09:17"Манчестер Сити"нинг яна бир футболчиси ёзда жамоани тарк этади  1

Rasuljon Yuldashev: "Hokim kubogiga Nigeriyadan jamoa taklif qilingan edi" Yangiliklar

Rasuljon Yuldashev: "Hokim kubogiga Nigeriyadan jamoa taklif qilingan edi"

Xabaringiz bor, shu kunlarda Farg'ona viloyatida futbol bo'yicha “Hokim kubogi” musobaqalari o'tkazilmoqda.

SHu munosabat bilan saytimiz muxbiri Bekzod Tolibov Farg'ona viloyat futbol Associaciyasi birinchi vice-prezidenti Rasuljon Yuldashev bilan uchrashib, “Hokim kubogi” musobaqasi haqida intervyu oldi. Quyida ushbu intervyuning to'liq matni bilan tanishishingiz mumkin.

Farg'ona viloyati “Hokim kubogi” musobaqalari mana 25 yildan oshibdiki, ananaviy tarzda har yili o'tkazib kelinmoqda. Mazkur turnirning tashkil etilishiga Farg'ona viloyat hokimligi tomonidan katta amaliy yordam ko'rsatib kelinadi. Turnir allaqachon xalqaro musobaqa maqomini olib ulgurgan. Lekin afsuski, bu yili qo'shni Qirg'iziston va Tojikiston davlatlaridan jamoalar kelishmoqchi edi, ayrim muammolar tufayli kelisholmadi. Bilasizmi, Nigeriyadan jamoa taklif qilingan edi. Lekin viza bilan bog'liq muammo tufayli Nigeriya davlatidan kutilgan jamoa turnirga kela olmadi. Lekin nasib qilsa kelasi yili ko'plab xorijiy davlatlardan mazkur turnirga jamoalarni taklif etish va ishtirokini taminlash niyatimiz bor.

Ayni damda “Hokim kubogi” musobaqasida 18 ta Superliga, Pro-Liga va yangi mavsumda Pro-Ligada qatnashishni maqsad qilgan jamoalar ishtirok etishmoqda. Bundan tashqari mazkur musobaqada o'tkaziladagan o'yinlarni boshqarish uchun Toshkent shahridan Superliga o'yinlarini boshqarib boradigan 35 nafar, qo'shni Qirg'iziston Respublikasidan 4 nafar hakamlar jalb etilgan va ularga barcha sharoitlar yaratib berildi. Bu yilshhgi musobaqa 4 ta stadionda o'tkazilmoqda. SHu yili yangilik kiritdik,mana Yozyovon tumanidagi “Markaziy” o'yingohda musobaqa doirasidagi uchrashuvlar o'tkazilmoqda. Keyingi yili viloyatimizning ko'plab tuman va shaharlarida mazkur musobaqa doirasidagi uchrashuvlarni o'tkazish va ishtirokchi  jamoalar sonini yanada ko'paytirish rejamizda bor. Ayni damda “Hokim kubogi” musobaqalari ko'tarinki kayfiyatda o'tmoqda.



Taqdirni qarangki, ob-havo mazkur musobaqa davom etayotgan vaqtda aynan futbol o'ynaydigan darajada bo'lmoqda. Mazkur turnirning tashkil etilishi nima uchun? Bu turnir hech qaysi futbol bo'yicha yuqori turuvchi tashkilot tomonidan ro'yxatga olinmagan. Bu turnir Farg'ona hamda qo'shni viloyat jamoalariga selekciya ishlari va jismoniy tayyorgarlik uchun qulaylik yaratib berish uchun tashkil etiladi. Bu turnirda ishtirok etishgan jamoalar birinchi navbatda taklif etilgan futbolchilarning salohiyati, ko'zlab yurilgan futbolchilarning darajasi kabi holatlarda malumot olish, shungingdek milliy chempionatlarimizga tayyorlarlik ishlari uchun qulaylik yaratish uchun tashkil etiladi. SHuningdek futbolchilar uchrashuvlarda o'zlarini tutishlari, uchrashuv hakamlari tomonidan qo'yiladigan talablarni bajarishlari uchun o'zlarida xulosalar chiqarish uchun tashkil etiladi. “Hokim kubogi”da ishtirok etgan futbolchi futbol tartib-qoidalarni tushunadi va milliy chempionatlarimizda mazkur xulosalariga asosan o'ynaydi.

Agar ob-havo noqulaylik tug'dirmasa, turnirning final uchrashuvini 9 fevral kuniga o'tkazishni rejalashtirmoqdamiz. Albatta turnirda munosib ishtirok etgan jamoalarni taqdirlash, qimmatbaho sovg'alar va Farg'ona viloyat hokimligi, Farg'ona viloyat futbol Associaciyasi maxsus diplomlari bilan taqdirlash rejamizda bor. Taqdirlash marosimi o'sha mashhur chempionatlar kabi darajada tashkil etilishi ustida ishlamoqdamiz. Bu borada Farg'ona viloyat hokimligi, Farg'ona shahar hokimligi hamda madaniyat bo'limlari bilan xamkorlikda ish olib bormoqdamiz. Bu yilgi taqdirlash marosimi albatta o'zgacha darajada tashkil etilishi bo'yicha ishlayapmiz.    

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика