Rasmiy xabar. "Xo'jand" ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
13 fev 2020 18:00
Yangiliklar


Rasmiy xabar. "Xo'jand" ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma tuzdi
Tojikistoning "Xo'jand" klubi o'z safini ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi bilan to'ldirib oldi.
Hujumchi Andrey Sidorov va himoyachi Siroj Hamroev "Xo'jand" bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda Tojikiston klubi rasmiy sayti xabar berdi.
Malumot uchun, "Xo'jand" OFK kubogi guruh bosqichiga chiqishi mumkin. Jamoa 19 va 26 fevral kunlari Qirg'izistoning "Neftchi" klubi bilan uy-safar tizimida o'yinlar o'tkazadi. G'olib guruh bosqichiga yo'l oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar