So’nggi yangiliklar

16:10"Майдон атрофидаги муҳит ўйиндан ҳам қайноқроқ эди. Лушчанга тан бериш керак" — Санжар Асқаралиев водий дербиси ҳақида гапирди  2 15:50АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади  0 15:30"Хоразм" тарихий натижа остонасида  0 15:15"Қалдирғочлар"нинг меҳмондаги парвози давом этадими?  0 14:45⚡️Bild: Йоахим Лёв Ўзбекистон терма жамоаси таклифини рад этди  32 14:21Элит ОЧЛ. "Ал Дуҳайл" ва "Ченгду Ронгченг" плей-оффда ғалаба қозонишди  1 14:15"Қўқон-1912" 8 йилдан сўнг Ғузордан 3 очко билан қайтди  0 13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  1 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  46 11:51Суперлига 19-турида ишловчи расмийлар маълум  4 11:31Кузатаётган Абрамов, сакраётган Илёсов, ётган Кенжабоев, сиқилаётган Қосимов ёхуд ОКМК - "Қизилқум" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 10:47Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди  9

Rasman: "Qizilqum" SHuhrat Muhammadiev va Bobur Yo'ldoshevni o'z safiga qo'shib oldi Yangiliklar

Rasman: "Qizilqum" SHuhrat Muhammadiev va Bobur Yo'ldoshevni o'z safiga qo'shib oldi

"Qizilqum" o'z safini kuchaytirishda davom etmoqda.

Faoliyatining aksariyat qismini Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida o'tkazgan, 2016 yil ushbu jamoa bilan O'zbekiston chempioni bo'lgan, 2014 – 2016 yillarda O'zbekiston kubogi g'olibligiga erishgan, 2014 yildan 2016 yilgancha, ketma – ket uch yil chempionat kumush medallarini qo'lga kiritgan, qolaversa 2012 yilda bir bora O'zbekiston chempionatida bronza medalini o'ziniki qilgan, 2013 yilda Turkiyada bo'lgan yoshlar o'rtasidagi jaxon chempionatida terma jamoamizning kuchli 8 jamoa qatoriga kirishiga o'zining xissasini qo'shgan, tajribali himoyachi Boburbek Yo'ldoshev yangi mavsumni “Qizilqum” jamoasi libosida boshlaydi. 

Boburbek Yo'ldoshev xaqida qisqacha malumot:

Ismi sharifi: Bobur Yo'ldoshev

Tug'ilgan joyi: Farg'ona, O'zbekiston

Tug'ilgan sana: 08.04.1993. y

Millati: o'zbek

Amplua: himoyachi

Futbolchining to'p tepgan jamoalari: “Lokomotiv” (Toshkent), “Neftchi” (Farg'ona), AGMK (Olmaliq)


Eslatib o'tamiz, 4 yanvar kuni saytimizda Insayder: "Bobur Yo'ldoshev "Qizilqum" bilan kelishib bo'ldi" nomli xabar chiqqandi.


SHuningdek, “Mashal” akademiyasi tarbiyalanuvchisi, 2017 va 2018 yillarda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi tarkibida O'zbekiston chempionatida chempion bo'lgan, 2013 – 2014 yillarda esa O'zbekiston chempionatida bronza medaliga ega chiqqan, 2013 yilda O'zbekiston kubogi finaliga chiqib kumush medalini qo'lga kiritgan. Qarshining “Nasaf”, Muborakning “Mashal” hamda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida faoliyat yuritgan SHuhrat Muhammadiev 2022 yilgi mavsumda “Qizilqum” jamoasi sharafini himoya qiladi.

SHuhrat Muhammadiev xaqida qisqacha malumot:

Ismi sharifi : SHuhrat Muhammadiev

To'g'ilgan sana: 29.06.1989. y

Tug'ilgan joyi: SHahrisabz, Qashqadaryo viloyati, O'zbekiston

Millati: O'zbek

Amplua: Himoyachi

SHuhrat Muhammadiev to'p tepgan jamoalar:  “Mashal”, “Nasaf” , “Lokomotiv”

Bir necha kun oldin championat.asia Muhammadievning "Qizilqum"ga o'tayotgani haqida xabar bergandi. 





Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика