So’nggi yangiliklar

17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  2 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0

Rasmiy xabar: "Obod" oliy ligada qoldi va ikkinchi davrada o'ynaydi Yangiliklar

Rasmiy xabar: "Obod" oliy ligada qoldi va ikkinchi davrada o'ynaydi

Nihoyat, Toshkentning "Obod" klubi atrofidagi turli gap-so'zlarga nuqta qo'yildi va jamoa ikkinchi davrada ham oliy ligada o'ynaydigan bo'ldi.

Klub rahbariyatida ishlab kelayotgan kishilardan birining saytimizga malum qilishicha, "Obod" yangi homiyga ega bo'ldi. 

"Jamoaga Ukrainadan homiylar keldi, bundan buyon ular jamoani pul bilan taminlashadi va "Obod" ikkinchi davradagi ishtirokini davom ettiradi, - deydi klub vakili. - Lekin men hozircha yangi homiylar to'g'risida va ular nima ish bilshan shug'ullanishi haqida hech narsa deya olmayman. Faqat shuni aytishim mumkin, ikkinchi davrada jamoani yangi murabbiy boshqaradi va u ham ukrainalik. Yangi murabbiy hozir futbolchilarni ikkinchi davra o'yinlariga tayyorlamoqda". 

"Obod"ni ikkinchi davrada boshqaradigan yangi murabbiy bu - Andrey Anatolevich Demchenko. Rossiya va Ukraina fuqaroligiga ega sobiq futbolchi 1976 yil 20 avgustda tug'ilgan. Futbolchilik faoliyati davomida CSKA, "Ayaks", "Metallurg" (Zaporoje), "Ilichyovec", "Obolon", "Dachiya", "Gelios" kabi klublarda to'p tepgan. 

2011 yil murabbiylik sohasida ish boshlagan Demchenko dastlab Zaporojening "Imeks" klubini boshqargan. 2012 yilda o'zi o'ynagan "Metallurg"ga murabbiylik qilgan. 2013-2015 yillarda esa "Metallurg"ning o'rinbosarlar jamoasini boshqargan. Ammo oxirgi ikki yilda uning qaerda ishlagani borasida malumotga ega emasmiz. 

Oliy liga ikkinchi davra taqvimiga ko'ra "Obod" 16-tur uchrashuvini 5 avgust kuni o'z maydonida "Navbahor"ga qarshi o'tkazadi. 

X.Xoliqov. 


Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика