So’nggi yangiliklar

17:30Расман: "Қўқон-1912" 4 нафар футболчи билан хайрлашди  0 17:09Расман: "Сурхон" собиқ футболчиси "Қизилқум" билан шартнома имзолади  0 16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  23 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  7 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  8 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  4 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2

Rasmiy xabar: "Neftchi" 7 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi Yangiliklar

Rasmiy xabar: "Neftchi" 7 nafar futbolchi bilan shartnomani uzaytirdi

Farg'onaning "Neftchi" klubi bir qator futbolchilar bilan shartnomani uzaytirganini elon qildi.

"Neftchi" jamoasining 2021 yil futbol mavsumini hamma sohada muvaffaqiyatli yakunlayotgani, Pro liga chempionligi va Superliga yo'llanmasini muddatidan oldin qo'lga kiritganligi, mavsumda raqiblar darvozasiga to'p kiritish bo'yicha eng yuqori natijaga erishganligini muxlislar yaxshi bilishadi.

Bu muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritishda darvozabonlar Akbar To'raev va Mashhur Muhammadjonov, himoyachi Umar Athamzoda, yarim himoyachilar Abdulloh Olimov, Oybek Qilichev, Izzatilla Abdullaev va legionerimiz Aleksandr Eshichning hissalari katta. Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ana shu yutuqlarni hisobga olib, mazkur futbolchilar bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishga qaror qildi. Bu futbolchilar yangi mavsumda Superligada to'p tepadigan sevimli "Neftchi" jamoasining g'olibona yurishlariga yanada ulkan hissa qo'shib, Farg'ona futbolining dovrug'ini oshirishda faollik va ibrat ko'rsatadilar deb, qatiy ishonch bildiramiz. Jamoaga yangi o'yinchilarni jalb etish yuzasidan klub rahbariyati muzokara va suhbatlarni davom ettirmoqda.

Jamoamizga oid barcha yangiliklarni rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali kuzatishda davom eting", - deb yozadi "Neftchi" klubi matbuot xizmati.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика