

Alisher Shog'ulomov o'tgan mavsumning birinchi qismini “Lokomotiv”da o'tkazib, keyinchalik “Olmaliq”qa ko'chib o'tgandi. Aytish lozimki, 22 yoshli hujumchi o'z vaqtida Baxtiyor Ashurmatov qo'li ostida “Guliston”da o'ynagandi. Alisherning kelgusi faoliyatiga omad tilab qolamiz. Umid qilamizki Shog'ulomov bu yil muxlislarni gollari bilan xursand qiladi.
"Andijon" klubi matbuot xizmati




