Rasmiy xabar: Akmal SHorahmedov "Neftchi"ga o'tdi
31 jan 2021 13:06
Yangiliklar


Rasmiy xabar: Akmal SHorahmedov "Neftchi"ga o'tdi
Yangi futbol mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan "Neftchi" futbol klubi o'z tarkibini yangi ijrochilar bilan to'ldirishda davom etmoqda.
Bugun kunning birinchi yarmida, qator nomdor jamoalarda, xususan AGMK, "Paxtakor","Nasaf", "Bunyodkor", "Andijon", "So'g'diyona", "Navbahor" klublarida va O'zbekiston milliy terma jamoasida yorqin faoliyat yuritgan tajribali Akmal SHorahmedov "Neftchi" PFK bilan rasmiy shartnoma imzoladi.
Akmal SHorahmedovga "Neftchi" oldiga qo'yilgan yuqori maqsadlarni ro'yobga chiqarishda va klub sharafini munosib himoya qilishdagi faoliyatida omadlar tilab qolamiz", - deb yozadi "Neftchi" FK matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar