Rasmiy xabar: Azamat Abduraimov "Adijon"dan ketdi
18 iyu 2014 15:54
Yangiliklar
Rasmiy xabar: Azamat Abduraimov "Adijon"dan ketdi
14 iyun kuni Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng Azamat Abduraimov “Andijon” jamoasi bilan xayrlashdi.
Ketma-ket muvaffaqiyatsizliklar natijasida bu murabbiyning “Andijon”dagi faoliyatini to'xtatishi aniq bo'lib qolgandi. Ayniqsa, andijonliklar o'z uyida “So'g'diyona”ga ham imkoniyatni boy berishganidan keyin Abduraimovning o'zi ham ketmasa bo'lmasligini tushunib etdi. Birinchi davra yakunlanishiga bir tur qolganda “Andijon” bosh murabbiysiz qoldi va 22 iyun kuni “Neftchi”ga qarshi uchrashuvga jamoani Orif Mamatkazin tayyorlamoqda.
Azamat Abduraimov "Andijon" bosh murabbiyi sifatida deyarli uch yil faoliyat olib bordi. 2012 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Abduraimov rossiyalik mutaxassis Alesandr Averyanovning o'rniga taklif etilgandi. O'sha mavsumda uning qo'l ostida jamoa birinchi ligaga tushib ketdi. SHunga qaramay, Abduraimov bir yil ichida jamoani kuchlilar safiga olib chiqishga qaror qilib "Andijon"da qolgandi. O'tgan yili birinchi ligada uning qo'l ostida yaxshi o'yinlar namoyish etib oliy ligaga qaytdi. Joriy mavsumda Abduraimov kuchlilar safida ham yaxshi natijalarga umid qilgandi. Ammo murabbiy xohlagandek bo'lmadi. "Andijon" chempionatni omadsiz boshladi va ketma-ket mag'lubiyatga uchradi.
Tabiiyki, muvaffaqiyatsizliklarga birinchi navbatda aybdor bosh murabbiy hisoblanadi. O'tgan turda "Bunyodkor" bilan bo'lgan o'yindan so'ng Abduraimov ketishga qaror qildi. SHu bois birinchi davrani andijonliklar Orif Mamatkazin boshchiligida yakunlashadi. Ikkinchi dvvrada jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanadi.
Birinchi davraning so'nggi uchrashuvini "Andijon" o'z uyida "Neftchi"ga qarshi o'tkazadi. Ayni paytda ushbu derbiga jamoani Mamatkazin tayyorlamoqda. Eslatib o'tamiz, ortda qolgan 12 turdan so'ng "Andijon" 4 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 14-pog'onani band etgan.

Fikrlar