Rasman: "Yuventus" yarim himoyachi sotib oldi
17 iyu 2019 01:05
Yangiliklar


Rasman: "Yuventus" yarim himoyachi sotib oldi
Lion safida harakat qilgan yarim himoyachi Hamza Rafiya Yuventus azosiga aylandi.
Bu haqda «sherlar»ning rasmiy sayti xabar bermoqda.
Avvaliga, 20 yoshli futbolchi lionliklar bilan faoliyatidagi birinchi professional shartnomaga imzo chekkan. Keyin esa klub uni 400 ming evro evaziga turinliklarga transfer qilgan. Agar «Yuve» tunislik xavbekni kelajakda boshqa klubga sotadigan bo'lsa, u holda Franciya jamoasi bonus sifatida 5 mln. evroga ega bo'ladi.
Rafiya bilan kelishuv 3+1 ko'rinishida tuzilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar