Rasman: "Yuventus" franciyalik xavbek bilan shartnoma imzolaganini elon qildi
01 iyu 2019 22:55
Yangiliklar


Rasman: "Yuventus" franciyalik xavbek bilan shartnoma imzolaganini elon qildi
"Yuventus" sayti franciyalik futbolchi Adrien Rabioning transferini rasman elon qildi.
24 yoshli xavbek erkin agent maqomida turinliklar safiga kelib qo'shildi. U avvalgi jamoasi PSJda 2012-2019 yillar oralig'ida harakat qilgandi.
Avvalroq, yarim himoyachining "Yuve"da yiliga 7 mln. evro maosh olishi, shuningdek, uning transferi bilan shug'ullangan onasi Veronika Rabio esa 10 mln. evro miqdoridagi mablag'ga ega bo'lish aytilgandi. Futbolchining klub bilan shartnomasi necha yilga mo'ljallangani esa sir tutilmoqda.Biroq, ayrim manbalarga ko'ra, tomonlar 4 yillik kelishuvga erishgan.
SHuningdek, bugun iyul boshidan erkin agent maqomiga o'tgan Aaron Remzi ham "keksa seniora" tarkibiga qo'shilganini malum etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar