Rasman. “Yuventus” Bernardeskini 40 mln evroga sotib oldi
24 iyu 2017 22:44
Yangiliklar
Rasman. “Yuventus” Bernardeskini 40 mln evroga sotib oldi
Turinning “Yuventus” klubi rahbariyati “Fiorentina” hujumchisi Federiko Bernardeskining transferini rasman tasdiqladi.
Futbolchining transfer summasi 40 mln evroga tushdi, deb xabar bermoqda “Keksa sinoralar” rasmiy sayti.
SHuningdek, “Fiorentina” keyingi xariddan ham 10 foiz ulush oladi. Yani, “Yuventus” Bernardeskini boshqa klubga sotsa, o'sha transfer summasining 10 foiziga egalik qiladi. Faqat bu ulush 5 mln evrodan oshmaydi.

Malumot uchun, Bernardeski “Yuventus” bilan 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. O'tgan mavsumda 23 yoshli hujumchi Italiya A Seriyasining 32 ta o'yinida maydonga tushib, 11 ta gol kiritgandi. Gollarning 3 tasini penaltidan urgan. To'rtta golga hammualliflik ham qilgan.

Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar