Rasman: Yarmolenko "Al Ayn" azosiga aylandi
13 iyu 2022 17:38
Yangiliklar
Rasman: Yarmolenko "Al Ayn" azosiga aylandi
Ukraina terma jamoasi etakchisi Andrey Yarmolenko faoliyatini BAAning "Al Ayn" klubida davom ettiradi.
32 yoshli ukrainalik 2022/23 yilning oxirigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Yarmolenko BAAga erkin agent sifatida ko'chib o'tdi, uning "Vest Xem" bilan kelishuvi ushbu yozda nihoyasiga etgandi.
Futbolchi o'tgan mavsum "bolg'achilar" safida 34 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 4 ta golli pas uzatgan.
Oldinroq unga MLS klubi va Angliyaning "Fulxem" jamoasidan qiziqish bo'lgandi.
Eslatib o'tamiz, "Al Ayn"ni Yarmolenko bilan "Dinamo" Kievda birga ishlagan ukrainalik murabbiy Sergey Rebrov boshqarib kelmoqda. Uning qo'l ostidagi jamoa o'tgan mavsum chempionat va BAA Kubogida g'oliblikni qo'lga kiritgan.
Fikrlar