Rasman: Yaponiya terma jamoasi azosi faoliyatini A Seriyada davom ettiradi
10 iyu 2019 01:00
Yangiliklar


Rasman: Yaponiya terma jamoasi azosi faoliyatini A Seriyada davom ettiradi
Belgiyaning Sent-Tryuyden klubi himoyachisi Takexiro Tomiyasu faoliyatini Bolonyada davom ettiradi.
Tomonlar 5 yillik kelishuvga erishgan bo'lib, 20 yoshli futbolchining transfer summasi 7 mln. evroga baholanmoqda. Qayd etish joizki, Tomiyasu bolonyalar safida Xidetoshi Nakatadan (2004) so'ng harakat qiladigan ikkinchi yaponiyalik futbolchiga aylanadi.
«Bolonya» A Seriyaning o'tngan mavsumida 10 o'rinni egallab, evrokuboklardan quruq qoldi.
Avvalroq, Yaponiya terma jamoasining boshqa bir azosi SHoya Nakajima «Portu»ga o'tgani haqida malum qilgandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar