Rasman: Xabi Alonso ispan jamoasida ish boshladi
10 iyu 2019 00:00
Yangiliklar


Rasman: Xabi Alonso ispan jamoasida ish boshladi
Ispaniyalik sobiq futbolchi Xabi Alonso Real Sosedadning ikkinchi jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
Bu haqda san-sebastyanliklarning twitter'dagi rasmiy sahifasi xabar beradi.
37 yoshli Alonso futboldagi professional faoliyatini aynan sosedadliklar safida boshlagandi. 2017 yilda butsalarini mixga ilgan xavbek, o'tgan yilning yozida «Real»ning yoshlar (U-14) jamoasida murabbiy sifatida ish boshlagandi.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso Ispaniya terma jamoasi hamda «Liverpul», «Real» hamda «Bavariya» klublari safida umumiy 18ta sovrinni qo'lga kiritgandi. SHuningdek, u GQ jurnali talqiniga ko'ra 2011 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar