Rasman: "Tottenxem" Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
29 jan 2020 15:48
Yangiliklar
Rasman: "Tottenxem" Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
PSV hujumchisi Stiven Bergveyn Londonning "Tottenxem" klubi bilan shartnoma imzoladi.
22 yoshli Niderlandiya terma jamoasi futbolchisi yangi klubi bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Stiven "Tottenxem"da 23-raqam ostida o'ynaydi.
Eslatib o'tamiz, Bergveyn joriy mavsum PSV libosida 29ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 13ta assist qayd etgan.
Fikrlar