Rasman: "Surxon"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi, Arslonov ham klubda qoldi

Tolibjon Qosimov
21 fev 2024, 18:16
Superliga jamoalari yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda.

16 fevral kuni Termizning "Surxon" klubi bosh murabbiy Sergey Arslonov bilan xayrlashgan edi.

Biroz avval klub matbuot xizmati jamoaning yangi bosh murabbiyi nomini e'lon qildi. Unga ko'ra, bugundan boshlab rasman yaqin o'tmishning ajoyib o'yinchilaridan biri Fevzi Rizaevich Davletov "Surxon" bosh murabbiyi sifatida ish olib boradi.

Sobiq bosh murabbiy Sergey Arslonov esa "Surxon"ning selekciya departamentida faoliyat olib borishi ma'lum qilindi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfcsurkhon.uz