So’nggi yangiliklar

10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  0 10:20Неймар яна жароҳат олди  2 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  6 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  10 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2 01:50Рубен Аморим: "МЮдаги босим бошқа клублардагидан ҳам кўп"  6 01:07Саудия Арабистони. Марказий ўйинда "Ал Аҳли"дан суперкамбэк!  10 00:51Микель Артета "Манчестер Сити"га қарши ўйин ҳақида: "Арсенал" ўз даражасига баҳо бериши мумкин"  3 00:30Жером Боатенг фаолиятини якунлади  2 00:13"Реал"нинг учинчи аппеляцияси ҳам рад қилинди  7 23:57Миржалол Қосимов: "Туғилган кунимга энг яхши совға бўлди"  0

Rasman: Serxio Aguero futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi Yangiliklar

Rasman: Serxio Aguero futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi

"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero faoliyatini yakunladi.

"Barsa" Youtube'dagi rasmiy sahifasida u ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Argentinalik bu qarorni yuragidagi muammo sabab qabul qildi. Aguero ko'z yoshlarini tiya olmadi va yig'lab yubordi.

"Bu matbuot anjumani shunchaki o'yinchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qilganim uchun tashkil qilindi.

Bu juda ham qiyin paytlar, ammo men qabul qilgan qarorimdan mamnunman. Birinchidan, bu bir oy oldin men to'qnash kelgan sog'ligimdagi muammo. Gap sog'ligim haqida ketmoqda", - deydi Aguero.

Serxio 30 oktyabrda "Alaves" (1:1)ga qarshi o'yinni yakuniga etkaza olmadi va o'shandan beri davolanmoqda. Avvaliga o'yinchiinng tiklanishi uchun 3 oy ketishi malum qilingandi, ammo keyinroq muammo jiddiyroqligi malum bo'ldi.

Forvard "Barsa" tarkibida 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.

U klub darajasida Evropa Ligasi va UEFA Superkubogi, besh bor Angliya chempioni, olti bor - Angliya liga kubogi, bir bor Angliya kubogi va uch bor Angliya superkubogini qo'lga kiritdi.

Aguero Argentina terma jamoasi tarkibida Olimpiada-2008, shuningdek 2021 yilgi Amerika Kubogini qo'lga kiritgan.

33 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Barselona"dan tashqari "Independente", "Atletiko" va "Manchester Siti" klublari sharafini himoya qilgan. Forvard 2006 yildan beri Argentina terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan edi.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика