Rasman: Sergey Lushchan "Navbahor" klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi
19 iyu 2024 21:26
Yangiliklar
Rasman: Sergey Lushchan "Navbahor" klubi bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi
Namangan klubi yangi bosh murabbiyni jamoaga tanishtirdi.
"Bugun oqshomda jamoamiz qarorgohiga Namangan viloyati hokimi, Namangan viloyat futbol associaciyasi prezidenti SHavkatjon SHokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurib, futbolchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida viloyatimiz rahbari “Navbahor” jamasi murabbiylar shtabi vakillari va futbolchilarga Sergey Lushchanni bosh murabbiy sifatida tanishtirdi.
Lushanning jamoamizdagi faoliyatida omad yor bo'lishini tilaymiz", -deyiladi "Navbahor" PFK matbuot xizmati bergan bayonotda.
Eslatib o'tamiz, bundan bir necha kun ilgari Championat.asia sayti "Navbahor"ning yangi bosh murabbiyi aynan Sergey Lushchan bo'lishi haqida xabar bergandi.
Eshitdik-da! Sergey Lushchan – "Navbahor" bosh murabbiyi



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar