Rasman: Sardor Rashidov – "Navbahor" futbolchisi!
24 iyu 2024 23:03
Yangiliklar
Namanganning "Navbahor" jamoasi tajribali hujumchi Sardor Rashidov bilan shartnoma imzolaganini elon qildi.
Rashidov 1991 yil, 14 iyun kuni Jizzax shahrida tug'ilgan.
Futbolchilik faoliyati davomida “Bunyodkor” (Toshkent, 2010 – 2015 yillar), Qatarning “Al-Jaish” (Ar-Rayyan, 2015-2017 yillar), BAAning “Al-Jazira” (Abu-Dabi, 2017 yil), “Lokomotiv” (Toshkent, 2018 yil), Portugaliyaning “Nasonal” (Funshal, 2019 yil), Qatarning “Qatar” SK (Doxa, 2019 – 2020 yillar), “Paxtakor” (Toshkent, 2021 yilning 1-davrasi, 2022 yilning 1-davrasi, 2023 yilning 1-davrasi), Quvaytning “Al-Quvayt” (Al-Quvayt, 2021 yil), Qatarning “Umm Salal” (Al-Rayyan, 2022 yil), BAAning “Dubay Siti” (Dubay, 2024 yil) jamoalarida o'ynagan.
O'zbekistonning 4 karra chempioni (2010-2011, 2013, 2018 yillar), shuningdek, milliy chempionatimizning kumush (2012 yil) medali sohibi.
Uch marta O'zbekiston kubogini (2010, 2012 – 2013 yillar) hamda ikki marta O'zbekiston superkubogini (2014, 2021 yillar) qo'lga kiritgan.
2015 yilda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi nomiga sazovor bo'lgan.
O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 2013-2021 yillarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, bugun saytimiz orqali Sardor Rashidov "Navbahor" bilan kelishuvga erishgani haqida xabar bergandik.
"Navbahor" Sardor Rashidov bilan kelishuvga erishdi
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar