Rasman: "Real" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
01 apr 2022 18:57
Yangiliklar


Rasman: "Real" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Madridning "Real" klubi "SHaxtyor" (Doneck) himoyachisi Vinisius Tobias bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda "konchilar" rasmiy sayti xabar bermoqda.
18 yoshli braziliyalik futbolchi "qaymoqranglilar" tarkibida 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijara asosida harakat qiladi. "Real"da futbolchini 18 million evro evaziga xarid qilish huquqi bor.
Tobias "SHaxtyor"ga 2022 yilning yanvarida Braziliyaning "Internasonal" jamoasidan 6 million evro evaziga o'tgan edi. Futbolchi hali Ukraina jamoasi tarkibida rasmiy o'yinda maydonga tushgani yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar