Rasman: "RB Leypcig" "Manchester Siti" o'yinchisini 18 million evro evaziga xarid qildi
13 fev 2021 13:35
Yangiliklar


Rasman: "RB Leypcig" "Manchester Siti" o'yinchisini 18 million evro evaziga xarid qildi
"RB Leypcig" "Manchester Siti" himoyachisi Anxelinoni xarid qildi.
Ikki mavsumdan beri nemis klubida o'ynayotgan ispaniyalik futbolchi "Leypcig" bilan 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Klub "shaharliklar" bilan tuzilgan bitimdagi xarid qilish huquqini faollashtirishdi.
Xabarlarga ko'ra, Anxelinoning transferi "Leypcig"ga 18 million evroga tushdi.
24 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 6ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar