Rasman: PSJ Neymarni bugun tanishtiradi
04 avg 2017 10:12
Yangiliklar
Rasman: PSJ Neymarni bugun tanishtiradi
Butun yoz bo'yi katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan transfer nihoyat amalga oshirildi.
"Barselona" hujumchisi Neymar PSJga o'tdi. Parijliklar Neymarning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli - 222 million evroni kataloniyaliklarga o'tkazib berishdi.
PSJ matbuot xizmati klub Neymarni OAV vakillari va muxlislarga rasman bugun tanishtirishini malum qildi. Braziliyalik hujumchining tanishtiruv marosimi Toshkent vaqti bilan 17:30da boshlanadi. Neymar Parij klubida 10-raqamda to'p tepadi.
Eslatib o'tamiz, Neymar shu tariqa 105 million evro evaziga "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan Pol Pogbani ortda qoldirgan holda, futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar