So’nggi yangiliklar

20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  2 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  1 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  6 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  1 17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  4 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  6

Rasman: PFL "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida o'tishini tasdiqladi Yangiliklar

Rasman: PFL "Lokomotiv" - "Paxtakor" uchrashuvi "Bunyodkor" stadionida o'tishini tasdiqladi

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.

Bu haqda oldinroq saytimizda xabar bergan edik. Endi esa PFL rasmiy sayti mazkur xabarni tasdiqlovchi malumotni chop etdi.

"Mazkur bellashuv 29 aprel — yakshanba kuniga tayin qilingan bo'lib, uning 20:00da start olishi belgilab qo'yilgandi. “Lokomotiv” futbol klubi xavfsizlik masalasi hamda stadion atrofida boshlangan tamirlash ishlaridan kelib chiqib, uchrashuvni “Bunyodkor” stadioniga ko'chirishni so'rab, PFLga murojaat bilan chiqdi. “Sport” telekanali bilan rejalashtirilgan o'yin vaqti esa o'zgarmadi. SHuningdek, 9-turning yakshanba kuni o'tishi kerak bo'lgan yana 2ta uchrashuvida ham vaqt masalasi o'zgarishsiz qoldi:

“Metallurg” - “Buxoro 16:00
“Navbahor” - “Neftchi” 18:00


Toshkent derbisining “Bunyodkor” stadionida o'tishi muxlislarga ham qo'shimcha qulayliklar yaratishi mumkin. 8-turdan o'rin olgan “Bunyodkor” — “Lokomotiv” o'yiniga 15 mingdan ziyod futbol muxlisi tashrif buyurdi. “Temiryo'lchilar”ning “Paxtakor”ga qarshi o'yinida ham muxlislar tashrifi yuqori bo'lishi kutilmoqda.

Madaniy xordiq chiqarish istagida bo'lgan yurtdoshlarimiz yilning eng yaxshi o'yinlaridan birini dam olish kuni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilishlari mumkin", - deyiladi PFL rasmiy saytida berilgan xabarda.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика