Rasman: Pentek "Milan" klubi bilan kelishib oldi
23 jan 2019 01:13
Yangiliklar
Rasman: Pentek "Milan" klubi bilan kelishib oldi
Kshishtof Pentek "Milan" jamoasi bilan kelishuvga erishdi.
Sky Sports nashri jurnalisti Fabricio Romano o'zining tvitterdagi sahifasida Pentekning "rossonerilar" bilan kelishib olgani haqida malumot berdi. Uning malumotiga ko'ra, "Milan" polshalik forvard bilan 5 yillik shartnoma imzolagan va futbolchining transfer narhi 35 million evroni tashkil etgan.
Kshishtofning "Milan"dagi debyuti A Seriya doirasidagi "Napoli"ga qarshi bahsda bo'lishi aytilmoqda. Pentek jamoa safida 9-raqamda to'p suradi.
Fikrlar