Rasman: "Paxtakor" "Istiqlol"ning sobiq himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi
10 fev 2022 17:34
Yangiliklar
Rasman: "Paxtakor" "Istiqlol"ning sobiq himoyachisini o'z safiga qo'shib oldi
Ukrainalik himoyachi Aleksey Larin "Paxtakor" bilan erkin agent maqomida bir yillik shartnomaga imzo chekdi.
"28 yoshli himoyachi faoliyati davomida Ukrainaning "Dnepr" va "Arsenal", Bolgariyaning "Dunav" va Tojikistonning "Istiqlol" jamoalarida o'ynagan. Oxirgi klubi "Istiqlol"da o'tgan mavsumda jami 38 o'yinda 2 to'p kiritgan. CHempionlar Ligasi-2021da Larin jamoasi tarkibida himoyadagi ishonchli o'yini bilan namoyon bo'lgandi.
Larinning "Paxtakor"dagi faoliyati g'alaba va sovrinlarga boy bo'ladi degan umiddamiz."Paxtakor"ga xush kelibsan, Aleksey!", - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Larinning "Paxtakor"da ko'rikdan o'tayotgani haqida malum qilgan edik.
Fikrlar