Rasman: Pavel Zabelin - Andijon futbolchisi!
30 iyu 2021 18:07
Yangiliklar
Rasman: Pavel Zabelin - Andijon futbolchisi!
"Andijon" jamoasi tarkibni legioner futbolchilar bilan kuchraytirishda davom etadi!
«Andijon» jamoasi tarkibni legioner futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etadi. 26 yoshli beloruslik Pavel Zabelin «Andijon» jamoasi futbolchisiga aylandi.
Markaziy yarim himoyachi Pavel Zabelin faoliyati davomida Belorusiyaning «Neman», «Baranovichi», «Granit» va «SHaxtyor Soligorsk» jamoalarida to'p surgan. Futbolchining so'ngi jamoasi «SHaxtyor Soligorsk» jamoasi hisoblanadi.
Pavel Zabelin ushbu mavsumda «SHaxtyor Soligorsk» safida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urishga erishgan.
«Andijon» oilasiga xush kelibsan Pavel! - deb yozadi "Andijon" matbuot xizmati.
Fikrlar