Rasman: Pavel Zabelin - Andijon futbolchisi!

Alisher
30 iyul 2021, 18:07
"Andijon" jamoasi tarkibni legioner futbolchilar bilan kuchraytirishda davom etadi!

Andijon jamoasi tarkibni legioner futbolchilar bilan kuchaytirishda davom etadi. 26 yoshli beloruslik Pavel Zabelin Andijon jamoasi futbolchisiga aylandi.

Markaziy yarim himoyachi Pavel Zabelin faoliyati davomida Belorusiyaning Neman, Baranovichi, Granit va Shaxtyor Soligorsk jamoalarida to'p surgan. Futbolchining so'ngi jamoasi Shaxtyor Soligorsk jamoasi hisoblanadi. 

Pavel Zabelin ushbu mavsumda Shaxtyor Soligorsk safida 13 uchrashuvda maydonga tushib, 2 gol urishga erishgan.

Andijon oilasiga xush kelibsan Pavel! - deb yozadi "Andijon" matbuot xizmati.  

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia