Rasman: "Nyukasl"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
17 iyu 2019 14:30
Yangiliklar


Rasman: "Nyukasl"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Tajribali mutaxassislardan biri Stiv Bryus "Nyukasl" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
58 yoshli mutaxassis 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
"Men "Nyukasl"dek klubga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan mamnunman va faxrlanaman. Bolaligimdan beri ushbu klub bilan o'zgacha tuyg'ularga egaman", - deydi Bryus.
58 yoshli mutaxassis faoliyati davomida "SHeffild Yunayted", "Xaddersfild Taun", "Uigan Atletik", "Kristal Pelas", "Birmingem Siti", "Sanderlend", "Xall Siti", "Aston Villa" va "SHeffild Uensdey" klublarida ishlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar