Rasman: "Nyukasl"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Alisher
17 iyul 2019, 14:30
Tajribali mutaxassislardan biri Stiv Bryus "Nyukasl" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

58 yoshli mutaxassis 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.

"Men "Nyukasl"dek klubga bosh murabbiy etib tayinlanganimdan mamnunman va faxrlanaman. Bolaligimdan beri ushbu klub bilan o'zgacha tuyg'ularga egaman", - deydi Bryus.

58 yoshli mutaxassis faoliyati davomida "Sheffild Yunayted", "Xaddersfild Taun", "Uigan Atletik", "Kristal Pelas", "Birmingem Siti", "Sanderlend", "Xall Siti", "Aston Villa" va "Sheffild Uensdey" klublarida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/nufc