So’nggi yangiliklar

02:55ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди  31 02:50Англия Кубоги. "Вулверхэмптон" бу сафар мўъжиза кўрсата олмади: "Ливерпуль" чорак финалда!  5 02:46Франция. ПСЖ жавоб ўйинида ҳам "Монако"га ютқазди: бу сафар ўз майдонида  0 02:21Азизбек Амонов: "Ҳар доим агрессив ўйин намойиш қилиб, жамоамга ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  1 01:59Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" пешқадамликка қайтди, "Ал Ҳилол"дан йирик ғалаба  0 01:15Суперлига. "Сўғдиёна" – "Насаф" 0:2   0 00:50Маҳамаду Дембеле: “Ўзбекистон Суперлигасига қандай мослашаётганимни сиз менга айтишингиз керак”  2 00:18"Металлург" Максвел ва яна уч нафар футболчи билан битим имзолади   2 00:05ЛаЛига. "Сельта" - "Реал" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 23:58Илёс Зейтуллаев: "Мағлубиятлар кўзни юмиб, ўтиб кетиб бўлмайдиган муаммоларни очиб беради"  0 23:44Сергей Токов: "Йигитларимиз уч очко учун борларини беришди"  2 23:27Миржалол Қосимов: "Иккинчи таймда хотиржамликка берилиб қолдик"  3 23:12Рўзиқул Бердиев: "Бугун ғалабага лойиқ ўйин намойиш этдик"  3 22:58Иван Бошкович: "Енгилмасликни мақсад қилгандик"  8 22:50Суперлига. "Бунёдкор" – "Динамо" 1:2  0

Rasman: "Metallurg" - Pro liga ishtirokchisi Yangiliklar

Rasman: "Metallurg" - Pro liga ishtirokchisi

"Metallurg" Pro ligada ishtirok etish bo'yicha Liga tomonidan qo'yilgan minimal talablarni bajarishga erishdi.

"O'zmetombinat" AJ tomonidan yo'llangan xatga javoban Liga "Metallurg" klubini qatnashchilar safiga qaytarish bo'yicha ishlar ketma-ketligini bayon qilgandi. Shu asosda, kombinat tomonidan joriy yilning 23 yanvar kuni Ulug'bek Mirzaev "Metallurg" klubi bosh direktori etib tayinlandi.   

Liga talabiga ko'ra, klub birinchi galda FIFA Legal Portal va FIFA TMS platformalariga kirish huquqini qaytarib olishi lozim edi. Mazkur ish amalga oshirildi hamda unda aks etgan legioner futbolchi oldidagi qarzdorlik masalasiga oydinlik kiritildi. Keyinchalik "Metallurg" qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan ish olib bordi va 9 fevral kuni FIFA "Metallurg" klubidan transfer taqiqini olib tashladi. 

Endilikda klubga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun MyLeague platformasidan foydalanish huquqi taqdim etiladi. Birinchi navbatda, klub rahbar organi ro'yxatga olinadi va shundan keyin professional mehnat shartnomalari ro'yxatdan o'tkaziladi. Shuningdek, klub qoshidagi akademiya futbolchilari licenziyalash talablari asosida Liga platformasiga kiritib chiqiladi. 

"Metallurg" tasischisi "O'zmetombinat" AJ klubning yillik xarajatlar smetasini tasdiqlagan bo'lib, undan Bekobod shahridagi stadionni Pro liga o'yinlariga tayyorlash xarajatlari ham joy olgan. Ayni vaqtda stadionda bu borada ishlar boshlab yuborilgan. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Liga "Metallurg" klubining Pro liga ishtirokchilari safiga qo'shilganligini malum qiladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
10 fev 13:46:25
Adis Azizxanov
Мавсум бошланмасидан олдин тахмин киламиз, Металлург бу йил Про лига чемпиони, Пахтакор келаси йил Суперлига чемпиони )))
   
10 fev 21:47:54
Erkin Abdullaev
Bliiiin bu yil xam 13 yo'q ekanda
   
10 fev 18:29:37
@FARHODBEY 001
Azizbek Rustamovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Afsuski Turdimov futbolga qiziqmaydi shekilli. Futbolimizni ahvoli shu. Hokimlarni qiziqish qiziqmasligiga qarab o‘tiradi.
Тугри, Турдимовга футбол билан ошно эмас, Самарканд да хам ищи йук эди, шу сабаб Динамо таблица охирида ёки про лигада катнашарди. Хакикатдан хам бизнинг футбол вилоят хокимларига боглик.
   
10 fev 17:47:24
Azizbek Rustamovich
@FARHODBEY 001 foydalanuvchining fikriga javob berish
Фикрингизга 100% кушиламан, тайёр команда Олимпик клубни Сирдарьёга кучирилса жуда яхши иш буларди, ноль-дан клуб тузишдан кура. УФА ва ПФЛ амалий ёрдам берса, Сирдарьё вилоят рахбарлари таклиф билан чикишса буларди .
Afsuski Turdimov futbolga qiziqmaydi shekilli. Futbolimizni ahvoli shu. Hokimlarni qiziqish qiziqmasligiga qarab o‘tiradi.
   
10 fev 16:27:44
@FARHODBEY 001
Azizbek Rustamovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Yangiyer yoki Gulistonni ham qo‘shsa bo‘lardi. Yoki Olimpikni Sirdaryoga ko‘chirsa bo‘lardi. Ligamizda Qoraqalpog‘iston va Sirdaryo jamoalari yo‘q.
Фикрингизга 100% кушиламан, тайёр команда Олимпик клубни Сирдарьёга кучирилса жуда яхши иш буларди, ноль-дан клуб тузишдан кура. УФА ва ПФЛ амалий ёрдам берса, Сирдарьё вилоят рахбарлари таклиф билан чикишса буларди .
   
10 fev 15:25:15
Azizbek Rustamovich
PFK HAQIQAT foydalanuvchining fikriga javob berish
Guliston 1 ligaga oʻynashini aytdi. Aral va Jayxun Qoraqalpogʻiston jamoalari.
Men Superligani nazarda tutgandim. Qashqadaryo, ʼfarg‘ona, Toshkentdan bir nechtalab jamoa bor. Lekin bu ikki hududdan umuman jamoa yo‘q elitada. Rahbarlari eʼtibor qaratsa bo‘lardi
   
10 fev 15:23:44
Azizbek Rustamovich
Азим Исмаилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Арал борку
Oliy ligamizda yo‘qda
   
10 fev 14:49:40
PFK HAQIQAT
Azizbek Rustamovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Yangiyer yoki Gulistonni ham qo‘shsa bo‘lardi. Yoki Olimpikni Sirdaryoga ko‘chirsa bo‘lardi. Ligamizda Qoraqalpog‘iston va Sirdaryo jamoalari yo‘q.
Guliston 1 ligaga oʻynashini aytdi. Aral va Jayxun Qoraqalpogʻiston jamoalari.
   
10 fev 14:45:53
Азим Исмаилов
Azizbek Rustamovich foydalanuvchining fikriga javob berish
Yangiyer yoki Gulistonni ham qo‘shsa bo‘lardi. Yoki Olimpikni Sirdaryoga ko‘chirsa bo‘lardi. Ligamizda Qoraqalpog‘iston va Sirdaryo jamoalari yo‘q.
Арал борку
   
10 fev 13:58:10
Azizbek Rustamovich
Yangiyer yoki Gulistonni ham qo‘shsa bo‘lardi. Yoki Olimpikni Sirdaryoga ko‘chirsa bo‘lardi. Ligamizda Qoraqalpog‘iston va Sirdaryo jamoalari yo‘q.
   
10 fev 13:41:54
Jamshid Husainov
Admin Oʻz met ombinat emas kombinat
   
10 fev 13:22:51
Izzatillo89!
Металлург супер лигага асосий давогар. Олимпиада йўлида нийят жиддийлашса мобиуз ҳам рақобат қилса керак. Арал ҳам жиддий.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика