Rasman: "Manchester Yunayted" Ronalduning klubga kelib qo'shilganini elon qildi
27 avg 2021 21:03
Yangiliklar
Rasman: "Manchester Yunayted" Ronalduning klubga kelib qo'shilganini elon qildi
Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"ga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
"Qizil iblislar" "Yuventus" hamda futbolchi bilan kelishuvga erishdi.
Transfer summasi 25 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu "Yunayted"da 2003 yildan 2009 yilgacha to'p surgan hamda klub tarkibida 292 o'yinda 118 ta gol urgan.
"Manchester Yunayted" tarkibida Ronaldu uch marta Angliya chempionligini, ikki marta Angliya Liga kubogini va bir marta mamlakat kubogini qo'lga kiritdi.
2008 yilda futbolchi "Yunayted" bilan birgalikda CHempionlar ligasi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'olib bo'ldi.
Fikrlar