Rasman: "Lester" hujumchisi SHinji Okazaki La Liga klubiga o'tdi
30 iyu 2019 18:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/509539_original.jpg)
![](/upload/storage/509539_220.jpg)
Rasman: "Lester" hujumchisi SHinji Okazaki La Liga klubiga o'tdi
Yaponiyalik futbolchi SHinji Okazaki "Malaga" klubiga o'tdi.
SHinji "Malaga" bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekkan. Bu haqda ispan klubi "Twitter" sahifasi xabar bermoqda.
Futbolchi faoliyatini "Simizu S-Pals" klubida boshlagan. U "Lester"ga qadar "SHtutgart" va "Maync 05" klublarida o'ynagan.
Okazaki 2008 yildan buyon Yaponiya terma jamoasida o'ynab kelmoqda.
Qayd etish kerakki, yaponiyalik futbolchi yakunlangan mavsum "Lester" safida 21ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar