Rasman! Kolo Ture “Seltik” azosiga aylandi
24 iyu 2016 23:30
Yangiliklar
Rasman! Kolo Ture “Seltik” azosiga aylandi
“Arsenal”, “Manchester Siti” va “Liverpul” jamoalarining sobiq himoyachisi Kolo Ture rasman SHotlandiyaning “Seltik” klubi azosiga aylandi.
35 yoshli kot-d'ivuarlik himoyachi jamoa bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi. Tureni “Seltik” azosiga aylanishida bosh murabbiy Brendan Rojersning roli katta bo'ldi. Sababi, shimoliy irlandiyalik mutaxassis “Liverpul”ni boshqarganida Ture aynan uning qo'li ostida to'p surgan.
Fikrlar