Rasman: Jamshid Iskanderov J.Koreya yuqori divizioni jamoasiga o'tdi
20 jan 2020 23:26
Yangiliklar


Rasman: Jamshid Iskanderov J.Koreya yuqori divizioni jamoasiga o'tdi
Toshkentning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov faoliyatini Janubiy Koreyada davom ettiradi.
U rasman "Seongnam" jamoasi azosiga aylandi. Kelishuv qancha muddatga tuzilgani hozircha oshkor qilinmagan. “Transfermarkt” portali malumotiga ko'ra, 26 yoshli xavbekning narxi 800 ming evroga baholangan.
Avvalroq, mazkur jamoa safida o'zbekistonlik boshqa bir futbolchi Server Jeparov ham harakat qilgandi.
Eslatib o'tamiz, "Seongnam" J.Koreyaning yuqori divizioni K-Liga 1 vakili hisoblanadi va o'tgan yili jamoa chempionatda 9-o'rinni egalladi. Klub joriy mavsumdagi ilk rasmiy o'yinini esa 1 mart kuni Rustam Ashurmatov harakat qilayotgan “Gvangyu”ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar