Rasman: “Fiorentina”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
30 iyu 2021 21:25
Yangiliklar
Rasman: “Fiorentina”ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Vinchenco Italyano “Fiorentina” ustoziga aylandi.
43 yoshli mutaxassis klub bilan 2023 yil yozigacha bitim imzoladi va kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.
Italyano oxirgi 2 yil “Speciya”da ishladi va yaqinda shartnomasini uzaytirgandi. Mazkur bitim bekor qilingani uchun “Fiorentina” 1 mln evroni “Speciya”ga o'tkazib berishi lozim.
Fikrlar