Rasman: Emre Jan - "Yuventus" futbolchisi. Uning raqami ham ma'lum
Mirjalol Normatov
21 iyun 2018, 19:05
"Yuventus" matbuot xizmati Emre Janning transferini rasman e'lon qildi.
Germaniyalik futbolchi Turin superklubi tarkibiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi va 2022 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Unga 23-raqamli libos taqdim etildi.
Jan o'tgan mavsumda "Liverpul" tarkibida YCHL finaligacha yetib bordi.