Rasman: "CHelsi" sobiq ustozi Afrika terma jamoasini boshqaradi
23 dek 2022 11:00
Yangiliklar
Rasman: "CHelsi" sobiq ustozi Afrika terma jamoasini boshqaradi
Avram Grant Zambiya termasi bosh murabbiyiga aylandi.
Londonning "CHelsi" klubi sobiq bosh murabbiyi Avram Grant Zambiya MTJ boshqaruviga keldi.
"Bu erda ekanligimdan baxtliman va Zambiyada salohiyat borligiga ishonaman. Biz oldimizga kerakli maqsadni qo'ydik. To'g'ri tanlov qilish bo'yicha uzoq o'yladim va shuning uchun Zambiyani tanladim".
Eslatib o'tamiz, Zambiya terma jamoasi oldingi ustozi xorvatiyalik Alyosha Asanovich edi. U joriy yil O'zbekiston futbolining 110 yillik tadbirlari doirasida yurtimizga kelgandi.
Grant faoliyati davomida Isroilning ko'plab klublarida ishlagan. SHuningdek, Gana terma jamoasi va Angliya klublari, jumladan, "CHelsi"da faoliyat yuritgan. Avramning so'nggi jamoasi Hindistonning "Nort-Ist Yunayted" jamoasi edi.
Fikrlar