Rasman: “Buxoro” futbolchisi “Atletiko Ottava”ga o'tdi
11 avg 2020 00:48
Yangiliklar
29 yoshli o'yinchi Kanada Premer Ligasi vakili “Atletiko Ottava” bilan shartnoma imzoladi.
Kapor 2019 yil “Buxoro” azosiga aylangan edi. SHu vaqtgacha u 15 o'yinda maydonga tushib, 2 bor hakamlar tomonidan ogohlantirilgan.
Futbolchining Transfermarkt portalidagi narxi 300 ming evro sifatida ko'rsatilgan. U yangi jamoasida 3-raqam ostida o'ynaydi.
Avvalroq, Milovan “Bradenton Akademiks” (AQSH), “Baltimor Bogemians” (AQSH), “Kadis” (Ispaniya), “Banska Bistrika” (Slovakiya), “Podbrezova” (Slovakiya), “Zlate Moravke” (Slovakiya), “Xapoel Hadera” (Isroil) va ”Gomel” (Belarus) kabi klublar sharafini himoya etgandi.
Malumot o'rnida, “Atletiko Ottava”ga Ispaniyaning "Atletiko" (Madrid) klubi mutasaddilari tomonidan asos solingan bo'lib, mazkur jamoa ustozi "matraschilar"ning sobiq azosi Mista hisoblanadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar