So’nggi yangiliklar

23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  1 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  0 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  3 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  2

Rasman: "Bunyodkor"dan 6 ochko olib tashlanadi Yangiliklar

Rasman: "Bunyodkor"dan 6 ochko olib tashlanadi

Xalqaro futbol uyushmasi FIFA O'zbekiston Superligasida ishtirok etayotgan Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubidan 6 ochko olib tashlash talabi bo'yicha shu yilning sentyabr oyida rasmiy murojaat bilan chiqqandi.

O'FA mazkur talab yuzasidan Professional futbol ligasini xabardor qildi. Biroq hozirgi kunga qadar "Bunyodkor" futbol klubidan 6 ochko olib tashlanmadi. SHuningdek, mazkur muammoning asosiy sababchisi bo'lgan ukrainalik futbolchi Sergey Simonenko oldidagi qarzdorlik masalasi rasman yopilgani bo'yicha malumot ham taqdim etilmadi.

FIFA nizomiga ko'ra, uning tasarrufida bo'lgan futbol associaciyalari talabni so'zsiz bajarishi shart. Yo'qsa, tashkilot birinchi navbatda O'zbekiston futbol associaciyasiga nisbatan o'z sankciyalarini qo'llaydi. Vaziyat jiddiylashsa, O'FAning xalqaro maydondagi o'yinlarda ishtirok etish masalasi ham xavf ostida qolishi mumkin.

SHundan kelib chiqib, endilikda O'FA Ijroiya Qo'mitasi Professional futbol ligasini bugun — 16 noyabr kuni qabul qilingan #17 qarori bilan rasman ogohlantirdi hamda "Bunyodkor" futbol klubidan 6 ochko olib tashlashni talab qildi. Bu boradagi maktubga tashkilot rasmiy shaxslari imzo chekdi. PFL FIFA tomonidan qo'yilgan ushbu talabni so'zsiz bajarishi, uning matbuot xizmati esa bu haqda jamoatchilikni xabardor etishi kerak bo'ladi.

Reyting: -91   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика