Rasman: Braziliyalik ikki futbolchi Rossiya pasportiga ega bo'ldi
21 mar 2023 07:35
Yangiliklar
Rasman: Braziliyalik ikki futbolchi Rossiya pasportiga ega bo'ldi
“Zenit” azolari Malkom hamda Klaudino Rossiya pasportini olishdi.
Bu haqda ularning agenti Luis Fernando Garsiya xabar berdi.
24 fevral kuni braziliyaliklarga prezident farmoni bilan Rossiya fuqaroligi berilgan edi.
Malkom peterburgliklar sharafini 2019 yil avgustidan beri himoya qilib kelmqoda. U joriy mavsum jamoa libosida 19 bahsda 7 ta assistni amalga oshirdi.
Klaudino esa “Zenit”ga safiga 2021 yil yozida kelib qo'shilgan. U bu mavsum barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda qatnashib, 3+8 natijaga erishdi.
Fikrlar