Rasman: Bravo "Man Siti"dan ketdi. U klub bilan 4 yilda 8ta sovrin yutdi
18 avg 2020 16:50
Yangiliklar


Rasman: Bravo "Man Siti"dan ketdi. U klub bilan 4 yilda 8ta sovrin yutdi
"Manchester Siti" darvozabon Klaudio Bravoning jamoadan ketganini elon qildi.
CHililik futbolchi Manchester klubiga 2016 yilda "Barselona"dan o'tgan edi. Bravo 4 yil davomida "Man Siti"da 61ta o'yinda maydonga tushdi va 20ta o'yinda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
U 2018/19 yilgi mavsumda jarohat oldi va 10 oyni o'tkazib yubordi. Bravo ikki chempionlik va Angliya Kubogidagi g'alabalarni, umumiy 8ta sovrinni qo'lga kiritdi.
Xabarlarga ko'ra, 37 yoshli darvozabon "Nyu-York Siti" yoki "Seltik" klubiga o'tishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar