Rasman: Boyan Krkich MLS jamoasiga o'tdi
07 avg 2019 23:29
Yangiliklar


Rasman: Boyan Krkich MLS jamoasiga o'tdi
Yarim himoyachi Boyan Krkich faoliyatini "Monreal Impekt" jamoasi tarkibida davom ettiradi.
Kanada jamoasi 28 yoshli xavbek bilan 1 yarim yillik, yani, 2020 yilgi mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi.
Boyanning so'nggi jamoasi "Stok Siti" bo'lgandi. U ushbu klubda 2014 yildan buyon harakat qilib kelayotgandi. Angliya klubidagi faoliyati davomida u "Maync" hamda "Alaves"ga ijaraga berildi.
"Monreal" esa futbolchini erkin agent sifatida qo'lga kiritdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar