Rasman: "Borussiya" va "Bavariya" Xummelsning transferi borasida kelishib oldi
19 iyu 2019 18:50
Yangiliklar


Rasman: "Borussiya" va "Bavariya" Xummelsning transferi borasida kelishib oldi
"Borussiya" hamda "Bavariya" klublari 30 yoshli himoyachi Mats Xummels bo'yicha 38 millionlik kelishuvga erishishdi.
Himoyachi dortmundliklar bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekishi kerak.
Agar Mats "Borussiya"ga o'tsa, "Bavariya" uning transferi bo'yicha foyda ko'rgan bo'ladi. CHunki, myunxenliklar futbolchini 3 yil oldin aynan "Borussiya"dan 35 million evro evaziga xarid qilgan edilar.
Xummels "Bavariya" libosida 118ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishgan. U myunxenliklar bilan birgalikda 3 marta mamlakat chempionligi va Germaniya Superkubogi, shuningdek bir marta mamlakat kubogiga ham ega chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar