Rasman: "Barselona" futbolchisi "Borussiya"ga o'tdi

Alisher
1 iyul 2019, 18:45
"Barselona" himoyachisi Mateu Morey Dortmundning "Borussiya" klubiga o'tdi.

Kataloniyaliklar himoyachisi Mateu Morey faoliyatini Germaniyada davom ettiradigan bo'ldi. 

U dortmundliklar bilan 2024 yil iyunga qadar bo'lgan shartnomaga imzo chekdi.

19 yoshli futbolchi shu paytga qadar "ko'k-anorranglilar"ning yoshlar jamoasida harakat qilayotgan edi.

Mateu faoliyatini o'zining ona shaxrida, yani "Malorka" klubida boshlagan. 2015 yilda esa "Barselona" klubiga borib qo'shilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Bundesliga_EN