Rasman: "Aral Samali" - "Andijon" o'yini bekor qilindi
19 apr 2022 16:33
Yangiliklar


Rasman: "Aral Samali" - "Andijon" o'yini bekor qilindi
"Andijon" klubi O'zbekiston kubogi doirasidagi "Aral Samali"ga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Nukusga bora olmaydi.
"O'zbekiston Kubogi 3-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Andijon" o'yini bekor qilindi. Bunga sabab "Andijon" klubidagi moliyaviy muammolardir", - deyiladi Qoraqalpog'iston klubi matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o'tamiz, bungacha saytimiz orqali "Andijon" jamoasining moliyaviy qiyinchilik tufayli Nukusga bora olmasligi va maoshlar borasidagi muammolari haqida xabar bergan edik.
→ "Andijon" moliyaviy qiyinchilik tufayli Nukusga bormaydi
→ "Andijon"ning murabbiylar shtabi va legionerlar oldida bir necha oylik qarzi mavjud
O’xshash yangiliklar
15:12
Muxlislar bilan to'lgan, "Navbahor" "Oq-tepa" ustidan minimal g'alabaga erishgan o'yindan GALEREYA 3

Fikrlar