

Kecha "Andijon"ning moliyaviy holati og'ir ahvolda ekani haqida xabar bergandik. Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, klubning murabbiylar shtabi va legioner futbolchilardan bir necha oylik qarzi bor. Bundan tashqari Pro liga doirasidagi Urganchga safar uchun taxminan 28 soat vaqt sarflangan va yo'lda ovqatlanish bilan muammo bo'lgani haqida ma'lumot keldi.
"Andijon"ning hozirgi kunda "Qayrat"da o'ynayotgan Jasur Jaloliddinovdan ham ma'lum miqdorda qarzi borligidan xabaringiz bor. O'tgan mavsum "Andijon" murabbiylar shtabida faoliyat olib borgan Doniyor Usmonov esa hali-hamon o'z pullarini ololmay kelmoqda.



