

34 yoshli kiper mavsum oxiriga qadar ijara asosida shaharliklar safida harakat qiladi. Karson o'tgan mavsum klub safida 30 o'yinda qatnashib, o'z darvozasidan 40ta gol olib chiqdi.
U Derbi Kauntidan tashqari, Lids Yunayted, Liverpul, Sheffild Uensdey, Charlton, Aston Villa, Vest Bromvich, Bursaspor, Uigan kabi jamoalarda faoliyat olib borgan.




